O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namanganda mevalarni saralab va qayta ishlab eksportga chiqariladi korxonaga ishga tushirildi

2019-06-14 | Iqtisodiyot

Pop tumanida “Namangan agrologistik” markazi oʻz faoliyatini boshladi. Xorijning ilgʻor texnologiyasi bilan jihozlangan korxonada mevani saralash, muzlatish, qayta ishlash va qadoqlash yoʻlga qoʻyilgan. Tayyor mahsulotning asosiy qismi tashqi bozorga chiqariladi.

Bu yerda barpo etilgan 3200 tonna sigʻimga ega boʻlgan muzlatkich ombor majmuasi gaz tizimida ishlaydi. Italiyaning YUNITEK firmasidan keltirilgan liniya yordamida soatiga 8 tonna mevani saralash mumkin. Qabul qilingan mahsulotni qayta ishlashga moʻljallangan texnologiya esa bir kecha kunduzda 250 tonna olma, 85 tonna olxoʻri va 85 tonna malinani tabiiy sharbatga aylantiradi.

- Texnologik liniyamizda limon, mandarin, apelsin singari sitrus mevalarni ham qayta ishlasa boʻladi, -deydi markaz bosh texnologi Akmal Nizomov. – Hozircha ishni tasarrufimizdagi yerlarning 4 gektarida parvarishlangan malina mevasidan sharbat tayyorlash bilan boshlashni moʻljallab turibmiz.

Namangan zamini mahsulotlarini qabul qilishni boshlagan korxona jamoasi qadoqlangan gilosning dastlabki turkumini Xitoy Xalq Respublikasiga eksport qilishga ulgurdi.

Maʼlumot uchun aytish lozimki, 70, 8 milliard soʻm sarmoya evaziga amalga oshirilgan mazkur loyiha sharofati bilan 250 kishi uchun mehnat oʻrinlari yaratildi.

Поделиться