O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent davlat agrar universiteti Germaniya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

2019-06-14 | Ta’lim

2018 yil Toshkent davlat agrar universitetida Germaniyaning Leybnis nomidagi qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini rivojlantirish instituti (IAMO) bilan hamkorlikda “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” qo‘shma kafedrasi tashkil qilingan edi. Hozirgi kunda bu kafedrada 3 nafar o‘zbekistonlik doktorantlar tahsil olmoqda.

Doktorantlarga Germaniyaning IAMO, Xalle, Gissen va Xoenxaym universitetlari yetakchi professorlari ta’lim bermoqda. 
 
Ushbu hamkorlikni kengaytirish maqsadida Toshkent davlat agrar universitetiga 2019 yilning 13 iyun kuni IAMO direktori, professor Tomas Glauben boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
 
Tashrif davomida ikkita ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari, jumladan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida organik mahsulotlarni sertifikatlash, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish kabi dolzarb yo‘nalishlarda yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
 
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilm-fani rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasi inobatga olib professor Tomas Glaubenga universitet tomonidan Toshkent davlat agrar universiteti “Faxriy doktori“ unvoni berildi.

Поделиться