O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mitsubishi kompaniyasi O‘zbekistonda gaz-transport tizimini modernizatsiya qilishda ishtirok etmoqchi

2019-06-14 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Mitsubishi kompaniyasining xalqaro departamenti bosh menejeri, SOO kompaniyalari guruhi o‘rinbosari Kazuxiro Vatanabe bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabarida aytilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston – Yaponiya iqtisodiy qo‘mitasi 15-yig‘ilishining amaliy-tashkiliy jihatlari muhokama qilindi. Shuningdek, energetika va neft-gaz sohasidagi yangi loyihalar, xususan, Navoiy IESda zamonaviy bug‘-gaz qurilmalarining 3-4-bosqich qurilishi, Mitsubishi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan gaz turbinalari uchun xizmat ko‘rsatish va servis markazlarini tashkil etish kabi masalalarda ham so‘z yuritildi.
 
Mitsubishi kompaniyasi MTO gaz-kimyo klasterlari yaratish bo‘yicha loyihalar hamda O‘zbekiston Respublikasi gaz-transport tizimini modernizatsiya qilishda ishtirok etishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.

Поделиться