O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Direktorlarni qamash taklifini berishdan avval ularga halol ishlashlari uchun sharoit yaratib berish kerak

2019-06-14 | Ta’lim

Baʼzi maktablar nufuzining yuqori boʻlishi taʼlim muassasasi direktorining faoliyatiga bogʻliq. Maʼlum bir nufuzli maktablar muntazam ravishda tekshirilib, ularning faoliyatida kamchiliklar topishga harakat qilingan. Maqsad - bu orqali kimnidir mazkur maktabga kiritishni tezlashtirish boʻlgan.

Hozirgi qonunchilik va moliyalash tizimida istalgan nufuzli maktab direktorini qamash mumkin. Shu tufayli ular “qoʻngʻiroqchi”larni maktabga joylashgan.

Poytaxtimizdagi davlat maktablari direktorlari oyiga 2,5 mln. soʻm ishlab topadi ($300 kamroq). Ularda xususiy maktab direktorlariga nisbatan yuklama va stress bir necha bor yuqori. (Toshkentdagi xususiy maktab direktorlarini men davlat xizmatiga taklif qildim, ammo ular $3000 –$5000 oylikni ortiqcha stresslarsiz va dam olish kunlarida dam olgan holda topishlarini aytib oʻtib, rad javobini berishdi).

Men mazkur maktab direktorlarining hammasi farishta ekanligi fikridan yiroqman. Shubhasiz, bu direktorlar maktabning yuqori natijaga erishishida hissasi juda katta. Shu tufayli barcha mazkur maktablarga intiladi va ularda oʻquvchilar soni koʻp. (Biz kamida ularni himoya qilishimiz kerak, sababi koeffitsiyenti kichik boʻlgan noloyiq direktorlar bor hamda ularning oʻrniga yaxshi kadr topish qiyin).

Biz ularning faoliyati uchun yaxshi sharoitlar yaratmasak (hozirgi maktab byudjeti bilan buni amalga oshira olmaymiz), faqat jazolasak (mikrohudud tashqarisidan bolani joylagani uchun direktorlarni qamash boʻyicha koʻplab takliflarini oʻqidim) ular boshqa sohaga yoki xususiy maktablarga ketib qoladi. Ularning ortidan esa direktor tomonidan yaratib bergan sharoit uchun faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar ketadi. Bu vaziyatdan kim yutadi?

Shu bilan birga, talab yuqori boʻlmagan maktablarga esa ahamiyat berilmagan. Oʻtgan yili bu muammoni oʻrganishni boshlaganimizda, Toshkent shahrida 77 tadan koʻp maktablar (25%) 1 koeffitsiyentidan past boʻlgan, yaʼni quvvatiga nisbat oʻquvchilar kam tahsil olgan. Ularga oʻz faoliyatlarini toʻliq oʻzgartirishlari va oʻquvchilar sonini oshirish yoki lavozimlarini boʻshatish vazifasi qoʻyilgan edi.

Dunyoda barcha maktablar bir xil sifatga ega boʻlgan mamlakatlar soni kam. Singapurda bunga davlat maktablarini xususiy muassasalarga nisbatan yaxshi moliyalash hisobiga erishilgan. Bundan tashqari, Singapur hududiy jihatdan kichik mamlakat hisoblanadi. Bizda qanday? Ha, mustaqillik yillaridan beri ilk bor Prezidentimizning siyosiy irodasi tufayli oʻqituvchilarning oyliklari ikki bosqichda oshirildi. Ammo 25 yil davomida yigʻilib qolgan muammolarni bir yil ichida hal etishning imkoni yoʻq. Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida bosqichma-bosqich tizimdagi oyliklar oshirib borilishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, mamlakatimizning iqtisodi xufiyona sektorga toʻgʻri keladi. Shu bois hozirda maktablarning xarajatlarini davlat byudjeti hisobidan qoplash imkoniyati yoʻq. (https://www.gazeta.uz/ru/2018/01/11/shadow-economy/ ).

Davlat byudjetining 16% xarajatlari maktab taʼlimiga yuboriladi. Bu har bir oʻquvchiga yiliga 2,9 mln. soʻm yoki oyiga 246 ming soʻmni tashkil etadi. Toshkentdagi xususiy maktablarda ota-onalar har oy bu miqdordan 10 baravar koʻp (British School, TIS va boshqa xalqaro maktablarni hisobga olmasa, u yerda toʻlov miqdori 50-70 baravar koʻp). Agar davlat byudjeti real iqtisodiyotni (jumladan xufiyona sektorni) qamrab olsa va maktablar xarajatlar hajmi 16% da qolsa, biz davlat maktablarining moliyalash hajmini 2 baravarga oshirishimiz mumkin!

Bu uchun vaqt talab qilinadi. Men bu maqsadlarga erishamiz, deb umid qilaman. Hozircha, malakali direktorlarga rasman ishlashlari noqonuniy faoliyatga nisbatan manfaatli va oson boʻlishini taʼminlashimiz lozim. Maktab rahbarlariga normal oylik qilib bermasak, korrupsiyaning bartaraf etish boʻyicha gaplarimiz gap boʻlib qolaveradi.

Keyin ulardan daromad deklaratsiyasi talab qilish va Kuzatuv kengashi hamda OAV ishtirokida korrupsiyaga qarshi qonunchilik talablariga rioya qilish boʻyicha jamoat nazoratini kuchaytirishimiz mumkin.

Bu mablagʻlar maktabning byudjetdan tashqari fondiga tushadi, davlat byudjetiga emas. Bu mablagʻning 60%gacha maktab Kuzatuv kengashlari direktor va oʻqituvchilarning mehnatini ragʻbatlantirishga bemalol yubora oladi. Yaʼni, direktorlar noqonuniy daromad topish yoki maktab masalalari (kichik taʼmirlash, tekshiruvlar va h.k)ni qanday yopishni oʻylamaydi. Aksincha, ular shaffof moliyaviy tizimga oʻtadi.

Bu mikrohududdan bepul farzandini nufuzli maktabga joylashtirgan ota-onalarga ham yuklamani kamaytiradi. Maktablarning oʻz mablagʻlari boʻlsa, turli jamgʻarmalarga, taʼmirlash va boshqa maqsadlarga pul yigʻilmaydi. Bu esa avvalgi korrupsiya elementlari boʻlgan birinchi sinfga qabul tizimida mavjud boʻlmagan oʻziga xos “ijtimoiy lift” vazifasini bajaradi.

Sababi direktorlar maktabda joy boʻlmasligiga qaramay, qoʻshimcha kvotalar ochish imkoni boʻlmaydi va ular oʻz tajribalarini koeffitsiyenti past maktablar bazasida oʻz tarmoqlarini tashkil etgan holda tatbiq etishga qiziqishlari ortadi. Oʻtgan yili 42-maktabning 42A-tarmoq maktabini 115-maktab qoshida tashkil etish boʻyicha pilot loyihasi amalga oshirib koʻrdik. 42-maktabda quvvat mavjud boʻlmagani sababli, maktab 1-sinfga qabul oʻtkazmoqchi emas edi. Boshqa maktab hududida qoʻshimcha sinflar ochish imkoniyati yaratildi.

Bundan tashqari, nufuzli maktab direktorlarining tajribasi muvaffaqiyatsizroq boʻlgan maktab rahbarlari va yangi kadrlar oʻrganib boradi. Shu tufayli, biz ularni davlat taʼlim tizimida ushlab qolish va ularning qonuniy va samarali faoliyati uchun kerakli sharoitlar yaratish kerak, deb oʻylaymiz.

Agar biz ularni faqat jazolasak (qamasak!), shundoq ham kamsonli boʻlgan yaxshi kadrlarni yoʻqotamiz. Ha, shunda biz bu maktablarning darajasini ota-onalar farzandlarini berishni istamaydigan taʼlim muassasalari bilan bir xil darajaga keltiramiz. Biz esa, nufuzli maktablarni rivojlanishni davom ettirishlariga, talab kam maktablarni esa nufuzli maktablar tajribasini oʻrganishga motivatsiya qilishimiz lozim, sababi bu ularga qoʻshimcha imkoniyatlarni ochadi. Maktablar orasidagi farq talab kam boʻlgan maktablarning faoliyatini yaxshilash orqali qisqarib boradi.

P.S. Biz, vazirlikning yangi jamoasi, bu tizimni yaratmaganmiz, ammo biz, jumladan, hamma tomonidan qoʻllab-quvvatlanmaydigan qarorlar qabul qilgan holda uni oʻzgartirishga majburmiz. Biz bu maktablarga oʻzimizning “kvota”mizni belgilagan holda oʻz muammolarimizni “yechishimiz” mumkin edi. Hamma mamnun boʻlar edi. Boshqa tomondan, bolalarni 1-sinfga qabul jarayonini “biznes”ga aylantirib olgan talay odamlar mavjud. Tabiiyki, ular oʻzgarishlarni, jumladan qabul pullari haqida notoʻgʻri maʼlumot tarqatgan holda, sabotaj qilishga harakat qiladilar.

Поделиться