Toshkent tibbiyot akademiyasida 2017-yili Janubiy Koreya universiteti bilan hamkorlikda atrof-muhit va inson salomatligi yoʻnalishida qoʻshma magistratura taʼlimi bosqichi ochilgan edi.
Hozirgi kunda bu yoʻnalishda 23 nafar talaba taʼlim olmoqda. Joriy yilda 13 nafar bitiruvchi magistrlik ishining birlamchi aprobatsiyasini Janubiy Koreya universitetida himoya qildi.
Bitiruvchilarni diplom bilan taqdirlash marosimiga Sogʻliqni saqlash, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari mutasaddilari, Janubiy Koreya universitetidan vakillar, soha mutaxassislari taklif etildi.
Ushbu hamkorlik doirasida 12-13-iyun kunlari atrof-muhit va inson salomatligi muhofazasining dolzarb muammolariga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ham boʻlib oʻtdi.
Manba: O'zA