O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Termizda ko‘rgazmali batalon taktik o‘quvlari davom etmoqda

2019-06-14 | Jamiyat

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Termiz garnizonida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmali batalon taktik o‘quvi unga jalb etilgan harbiy xizmatchilarning erta tongda trevoga signali bo‘yicha harbiy qismdan ko‘tarilishi hamda to‘liq harbiy aslaha va anjomlari bilan jangovar texnikalar vositasida kolonna bo‘lib joylashuv joyiga chiqib ketishi bilan davom ettirildi.

Kun davomida ko‘zda tutilgan manzilga yetib kelgan batalyon shaxsiy tarkibi vaqtinchalik joylashuv joyi hozirlab, unda joylashuvni amalga oshirdi. Barchasi real vaziyatga yaqinlashtirilgan holda kechdi. Jumladan, rejalashtirish va o‘quv uchun zarur hujjatlarni ishlab chiqish uslubiyoti, boshqaruvni tashkil etish, qo‘riqlov postlari, niqoblanish, ta’minot, harbiy texnikalarga texnik xizmat ko‘rsatish joyi, turli xizmat va punktlarning faoliyati yo‘lga qo‘yildi hamda qator o‘quv nuqtalari barpo etildi.

Mazkur o‘quv nuqtalarida mashg‘ulotga tashrif buyurgan ishtirokchilarga tegishli ma’lumotlar yetkazildi. O‘quv nuqtalariga biriktirilgan harbiy xizmatchilar mavzu yuzasidan tegishli mashqlarni amaliy tarzda ko‘rsatib berishdi.

O‘quv-tarbiya jarayonida tatbiq etish mumkin bo‘lgan innovatsion yangilik va ratsionalizatorlik takliflari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Поделиться