O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizm sohasida davlat ijtimoiy buyurtmalarini ajratish bo’yicha tanlov yakunlari e’lon qilindi

2019-06-13 | Turizm

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi hamkorligida turizm sohasida davlat ijtimoiy buyurtmalarini ajratishga doir 2019 yilning mart-aprel oylarida o’tkazilgan tanlov yakunlari e’lon qilindi.

Tanlov yakunlariga ko’ra, O’zbekiston geografiya jamiyatining “Tarixiy obidalarni, yaxshi o’rganilmagan madaniy obyektlar to’g’risida to’laqonli ma’lumotlarni to’plash hamda ularni internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish” loyihasi uchun - 250 million so’m, O’zbekiston ekstremal va tog’ turizmi federatsiyasining “Karvon tarixi” loyihasiga -150 million so’m - jami 400 million so’m pul mablag’lari ajratildi.

Yuqorida ko’rsatilgan loyihalarni amalga oshirish orqali O’zbekistonning turizm salohiyatini oshirish, tarixiy-madaniy merosni keng targ’ib etish, aholini ichki turizmga jalb etishga yo’naltirilgan “O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!”, “Men Vatanimni sevaman”, “Biz oilaviy sayohatchilarmiz” kabi shiorlar ostida festivallar va boshqa yirik tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, mamlakatdagi 14 hududning har biri uchun o’ziga xos jihatlarni tasvirlovchi turizm mahsulotlarini yaratishga qaratilgan tanlov tashkil etish va nominatsiyalar bo’yicha g’oliblarni rag’batlantirish rejalashtirilgan.

Поделиться