O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ibrohim Abdurahmonov: “bir ilmiy loyihaga 3 milliard soʻmlik grant berildi”

2019-06-13 | Innovatsiya

Ayni daqiqalarda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan «Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida ilmiy loyihalarni tanlash, saralab olish, monitoring qilish va hisobini yuritishning yaxlit tizimini joriy etish» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

Tadbir doirasida davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida amalga oshiriladigan loyihalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Jumladan, olimlar guruhi tomonidan taqdim etilgan «Paxta maydoni agrofonini shakllantirish va klaster asosida paxta homashyosini mashina orqali bir terimda yig‘ib olish uchun texnik vositalarni tayanch to‘plamini ishlab chiqish» loyihasi uchun 3 milliard so‘m miqdoridagi grant ajratilgani ma’lum qilindi. 
 
“Bunda 12 ta institut hamkorlikda faoliyat olib boradi. Endi mayda loyihalar emas, balki haqiqatdan tijoratlashtirish imkoni bo‘lgan loyihalarni moliyalashtiramiz. Asosiysi ilmiy loyihalarni sifatini ko‘paytirish, innovatsion ekotizimni rivojlantirishdan iboratdir. Endi faqat oylik emas, balki ular bu ishlanmalarini taqdim etish uchun xalqaro anjumanlarda ham ishtirok etishga mablag‘i bo‘ladi. Bugungi kunda 172 ta tematikani e’lon qildik. Biz so‘raydigan narsa mahsulot! Agar olim aniq natija bermasa javobgarlik bor! U mablag‘ni qaytarishi kerak, dedi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov.
 
I.Abdurahmonovning aytishicha, loyiha olish uchun hatto sun’iy raqobat yaratishga urinishlar bo‘lgan. Bu holatlar aniqlanishi bilan ularga rad javobi berilyapti.
 
Anjumanda berilgan ma’lumotga qaraganda hozirgi kunda bitta loyihaning o‘rtacha qiymati yillik 505,0 mln. so‘mdan yuqori bo‘lib,1 iyun holatiga bitta loyihani moliyalashtirish hajmining o‘rtacha qiymati avvalgi yillarga nisbatan 3,3 marotabaga oshishiga erishildi.

Manba: O'zA

Поделиться