O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDH ishtirokchi davlatlari tashqi ishlar vazirliklari huquqiy xizmatlarining oʻzaro hamkorligi masalalari muhokama qilindi
2019-06-12 | Siyosat
019-yilning 10-11-iyun kunlari Yerevan shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Shartnoma-huquqiy departamenti delegatsiyasi MDH ishtirokchi davlatlari tashqi siyosat idoralari huquqiy xizmatlari rahbarlari Maslahat qo‘mitasining 26-majlisida ishtirok etdi.
Tadbir davomida Hamdo‘stlik doirasidagi norma ijodkorligi jarayonini takomillashtirishga qaratilgan Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar, MDH ishtirokchi davlatlariga yuboriladigan Delegatsiyalarning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi konvensiyaning yangi tahrirdagi loyihalari, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining Oltinchi qo‘mitasi kun tartibidagi masalalar va BMTning Xalqaro huquq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilayotgan mavzular muhokama qilindi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi