O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston-Xitoy: frontal yuk ortish texnikalari sohasida hamkorlikka kirishdi

2019-06-11 | Iqtisodiyot

Xitoyning “XCMG” korxonalar tarmogʻi maxsus texnika ishlab chiqarish boʻyicha jahonda 5-oʻrinni egallaydi. Korporatsiya tuzilmasi 26 ta shoʻba korxona va 5 ta ilmiy-tadqiqot markazidan iborat. “XCMG” mahsulot sotish tarmogʻi dunyoning 183 mamlakatini qamrab olgan. Yillik eksport hajmi 1,6 milliard AQSH dollaridan ziyod. Kompaniya oʻtgan yillar davomida Oʻzbekiston bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

Toshkentda 11-iyun kuni Oʻzbekiston – Xitoy savdo-iqtisodiy hamkorligini mustahkamlash maqsadida frontal yuk ortish texnikalari sohasida xalqaro tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda transport-logistika, tranzit va yuk tashishdagi samaradorlikni oshirishga xizmat qiladigan texnikalar taqdimoti, ushbu yoʻnalishdagi Oʻzbekiston – Xitoy biznes doira vakillari hamkorligi masalalari muhokama qilindi. 
– Buyuk ipak yoʻli chorrahasida joylashgan Oʻzbekiston va Xitoy hamkorligi tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi, – deydi “XCMG” korporatsiyasi vitse-prezidenti Van Sinju. – Bugungi kunda ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda.
“XCMG” frontal yuk ortish texnikalari koʻchmas mulk, neft-gaz obyektlari, yoʻl va suv inshootlari qurilishida, shuningdek, elektrlashtirish, foydali qazilmalarni qidirish, qazib olish, infratuzilmani modernizatsiya qilishda keng foydalaniladi. Kompaniya mahsulotlariga boʻlgan yuqori talab nafaqat sifat koʻrsatkichlari, balki servis xizmati mavjudligi bilan ham bogʻliq. Bugungi kunda hamkorlik doirasida kadrlar malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 
Mahalliy kadrlarning Xitoydagi XCMG zavodlarida, ixtisoslashtirilgan oʻquv markazlarida muntazam ravishda tajriba almashishlari tashkil qilinmoqda.
Anjumanda uy-joy fondi obyektlarini modernizatsiya qilish, taʼmirlash va qurish sohasida zarur texnikalarni yetkazib berish boʻyicha “XCMG” korporatsiyasi bilan mamlakatimizdagi “Texnika Advans Servis” kompaniyasi oʻrtasida ikki tomonlama bitim imzolandi.
Шериклик алоқаларини янада кенгайтириш, хусусан, 2019 йилда "XCMG" фронталь юк ортиш техникалари янгиланган тармоғини ишлаб чиқариш ва Ўзбекистонга етказиб бериш бўйича режалар белгилаб олинди.

Manba: O'zA

Поделиться