O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda qoʻl jangi boʻyicha ilk xalqaro turnir oʻtkaziladi

2019-06-11 | Sport

15-iyun kuni Samarqand shahridagi “Moʻjiza” amfiteatrida qoʻl jangining professional R-1 yoʻnalishi boʻyicha ilk marotaba xalqaro turnir boʻlib oʻtadi.

Qoidaga koʻra, musobaqa ishtirokchilari jangdan oldin, 14-iyun kuni viloyat musiqali drama teatri oldidagi sahnada yuzma-yuz uchrashadi va tarozidan oʻtishadi.
 
Dasturdagi asosiy va reyting janglarida Rossiya, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ozarbayjon, AQSH va Oʻzbekiston qoʻl jangi ustalari qatnashadi.
 
Asosiy jang gʻolibi 2000, ikkinchi oʻrinni egallagan sportchi 1000 AQSH dollariga ega boʻladi. Reyting janglari gʻoliblariga 1000, ikkinchi oʻrin sohiblariga 500 dollar ajratilgan.
 
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish joiz, kunning asosiy jangi ishtirokchilari - oʻzbekistonlik Jahongir Jumayev va Rossiyalik Magomed Ibragimov avval ham, Moskvada boʻlib oʻtgan turnirning match-revansh yoʻnalishida toʻqnash kelishgan. Oʻsha jangda Jahongirning qoʻli baland kelgan edi.
 
Roʻyxatdan oʻtgan 12 professional sportchidan 5 nafari Oʻzbekiston vakillaridir.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться