O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Gujarat shtati delegatsiyasi Andijonga keldi

2019-06-10 | Iqtisodiyot

Mazkur delegatsiya tarkibida Gujarat shtati turizm vazirligi, Hindiston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi, shtatning sanoatni qo‘llab-quvvatlash byurosi, farmatsevtika, energetika, innovatsion, startap kompaniyalari vakillari o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini o‘rganmoqda.

10 iyun kuni delegatsiya a’zolari Andijonda bo‘lib, viloyat rahbariyati va xususiy sektor vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda turizm, qishloq xo‘jaligi, muqobil energiya manbaalari, telemeditsina, startap va boshqa qator yo‘nalishlarda birgalikda loyihalar amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar qo‘shma biznes forumi o‘tkazish masalasini ham ko‘rib chiqdi.

Mehmonlar viloyatdagi ishlab chiqarish ob’ektlari, erkin iqtisodiy zonalarga tashrif buyurib, mavjud iqtisodiy-ijtimoiy salohiyat bilan yaqindan tanishdi.

Qayd etish lozimki, Andijon viloyati va Gujarat shtati o‘zaro hamkor hududlar hisoblanadi. Hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha Anglashuv memorandumi 2018 yil oktabr oyida imzolangan.

O‘tgan vaqt mobaynida Gujarat shtatida joylashgan qator yirik hind kompaniyalari vakillarining Andijon viloyatiga safarlari tashkil etildi va viloyat hududida farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni hayotga tadbiq etish bo‘yicha amaliy qadamlar qo‘yildi.

Hindiston delegatsiyasining ushbu tashrifidan maqsad Andijon va Gujarat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, ikki tomon uchun ham foydali bo‘lgan yangi qo‘shma loyihalar ustida ishlashga qaratilgan.

Mehmonlar Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida ham bo‘lib, mamlakatimizning tarixiy-madaniy merosi, turizm salohiyati bilan yaqindan tanishishni rejalashtirgan.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться