O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madrimov professional boksdagi uchinchi gʻalabasiga erishdi

2019-06-10 | Sport

9-iyun kuni tongda professional bokschimiz Isroil Madrimov oʻzining professional ringdagi uchinchi jangini oʻtkazdi.

Nyu-Yorkdagi muhtasham “Medison Skver Garden” arenasida boʻlib oʻtgan va 10 raundga moʻljallangan jangda hamyurtimiz meksikalik Norberto Gonsales bilan kuch sinashdi.
 
Jangda toʻliq tashabbusga erishgan hamyurtimiz raqibini 6-raunddayoq nokautga uchratdi. Shuni taʼkidlash kerak, bu Isroilning professional boksdagi uchinchi jangi edi va eʼtiborlisi u har uchchala jangida ham gʻalaba qozondi. Bu bilan Madrimov oʻziga tegishli boʻlgan WBA Intercontinental chempionlik kamarini ham himoya qildi.
 
Norberto Gonsales uchun bu jang professional boksdagi 36-jang oʻtkazib, u shu janglarning 23tasida gʻalaba qozongan (13 ta nokaut). Bugun Gonsales oʻz faoliyatidagi 13-magʻlubiyatni qabul qilib oldi (3 tasi nokaut).

Manba: O'zA

Поделиться