O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ogʻir atletikachimiz Akbar Joʻrayev ham jahon chempionatida 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi

2019-06-07 | Sport

Fiji davlatining Suva shahrida ogʻir atletika boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida oʻtkazilayotgan jahon chempionati davom etmoqda.

2-iyun kuni oʻtkazilgan 67 kg gacha boʻlgan erkaklar oʻrtasidagi bahslarda yurtdoshimiz Adhamjon Ergashev 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 7-iyun kuni – 109 kg vazn toifasida oʻtkazilgan bahslarda ishtirok etgan yosh umidli atletimiz Akbar Joʻrayev ham 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Dast koʻtarish mashqida 182 kg natija qayd etgan Akbar oʻzining eng yaqin taʼqibchilarini 7 kilogrammga ortda qoldira oldi. Siltab koʻtarishda eng yaxshi natija qayd etgan atletimiz ikkinchi urinishdayoq 216 kg toshni oʻziga boʻy sundira oldi. Ikki kurash yakunlari boʻyicha 398 kg natija qayd etgan yurtdoshimiz ushbu vazn toifasida mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Erkaklar, -109 kg.:

1. Akbar Joʻrayev (Oʻzbekiston) – 398 kg (182 kg + 216 kg)

2. Sangun Hvang  (Koreya) – 384 kg (174 kg + 210 kg)

3. Danil Vagaitsev  (Rossiya) – 381 kg (175 kg + 206 kg)

Eng muhimi Akbar Joʻrayev Tokio Olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritish uchun qimmatli reyting ochkolarini jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Shunday qilib ushbu musobaqaga ikki nafar sportchi bilan tashrif buyurgan Oʻzbekiston terma jamoasi 100 foizlik natijani qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, Akbar Joʻrayev 2018-yilning 1-10-noyabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha Jahon chempionatida 102 kilogrammgacha vazn toifasida dast koʻtarishda jahon rekordini yangilab, oltin medal bilan taqdirlangan. Chempionatda yosh atlet ikkikurashda yoshlar oʻrtasida jahon rekordini yangilagan. Shuningdek, Akbar Joʻrayev 2018-yil bahorida yoshlar oʻrtasida Osiyo chempioni unvoniga sazovor boʻlib, yozda yoshlar oʻrtasida jahon chempionati kumush medalini qoʻlga kiritgan edi. 2018-yilning dekabr oyida Doxada oʻtkazilgan Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olish uchun reyting ochkolarini toʻplash imkonini beruvchi nufuzli xalqaro musobaqada uchta medal egasiga aylangan edi.

Yuqoridagi natijalari uchun Akbar Joʻrayev Oʻzbekistonda 2018-yilning eng yaxshi sportchisi deb topilgan edi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться