O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qatar elchisi bilan uchrashuv
2019-06-07 | Siyosat
2019-yilning 7-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatar Davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Muhammad Hamad al-Xajriyni (qarorgohi Tehron shahrida) qabul qildi.
Ishonch yorliqlarini qabul qilgandan so‘ng Vazir Elchini O‘zbekistondagi faoliyati boshlangani bilan tabrikladi va unga ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash borasida samarali natijalarga erishishini tiladi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Qatar munosabatlarini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Buning uchun tomonlarda savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda sezilarli salohiyat borligi e’tirof etildi.
Yilning ikkinchi yarmida Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish taklifi yoqlandi.
Uchrashuvda ba’zi mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha ham fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi