O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nadiya Dusanova Xitoy Gran-prisida oltin medalni qoʻlga kiritdi

2019-06-06 | Sport

Ayni kunlarda Xitoyning Szyan Szin va Szyulunpo shaharlarida yengil atletika boʻyicha Osiyo Gran-pri turniri boʻlib oʻtmoqda.

MOQning yozishicha, musobaqaning birinchi bosqich bellashuvlarda ishtirok etayotgan 3 ishtirokchimizdan 2 nafari ushbu bosqichni medal bilan yakunladi.
 
Balandlikka sakrash bahsida Nadiya Dusanova 1.89 metr natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Ruslan Qurbonov uch hatlab sektorida shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarildi. 100 metrga yugurish bellashuvida esa Nigina Sharipova toʻrtinchi natijani qayd etgan. Reglamentga koʻra, 7-iyun kuni Gran-prining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtadi.
 
Batafsil:
Balandlikka sakrash, ayollar
 
1. Nadiya Dusanova – 1.89 metr
2. Nadejda Dubovitskaya (Qozogʻiston) – 1.86
3. Van Suyeyi (Xitoy) – 1.83
 
Uch hatlab sakrash, erkaklar
 
1. Fan Yaotsin (Xitoy) – 17.17 metr
2. Su Chialon (Xitoy) – 16.72
3. Ruslan Qurbonov – 16.33
100 metr, ayollar
 
1. Olga Safronova (Qozogʻiston) – 11.54 sekund
2. Kristina Knott (Filippin) – 11.62
3. Le Tu Chinx (Vyetnam) – 11.71
4. Nigina Sharipova – 11.79.

Поделиться