O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
SITIF: O’zbekiston Osiyo mintaqasining eng yirik xalqaro ko’rgazmalaridan birida ishtirok etmoqda
2019-06-07 | Turizm
6-9 iyun kunlari Janubiy Koreyada “Seoul International Tourism Industry Fair” (SITIF) 34-Xalqaro sayyohlik ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda, unda O’zbekiston ham o’zining milliy stendi bilan ishtirok etmoqda.
O’zbekiston milliy stendi tashkilotchilari – Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi hamda “Meridian travel”, “Zukhro travel” va “Orient Mice” turistik kompaniyalari. Shu bilan birga, milliy stendni tashkil etishda O’zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi ham yaqindan yordam berdi.
Mamlakatimiz delegatsiyasining ko’rgazmadagi ishtiroki doirasida xorijiy ishtirokchilar uchun O’zbekistonning turistik va investitsion salohiyati taqdimotini o’tkazish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, O’zbekiston delegatsiyasining Seulga tashrifi davomida Koreya Respublikasida yashovchi vatandoshlarimiz bilan uchrashuv o’tkazilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun: SITIF – Osiyo mintaqasining eng yirik xalqaro turistik ko’rgazmalaridan biri. Unda har yili dunyoning 55 dan ortiq mamlakatidan 500 dan ziyod kompaniya ishtirok etadi. Tadbir qatnashchilari orasidan xalqaro avaliniyalar, milliy va mintaqaviy turizm kengashlari, mintaqaviy sayyohlik ma’muriyatlari, turagentliklar, eng yirik mehmonxona, kurort, turobyekt komplekslari vakillari o’rin olgan.