Ramazon hayiti munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Ularda mamlakatimiz xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.
Jumladan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:
Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev
Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Bosh qoʻmondoni oʻrinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi – Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri Sayf bin Zoid Ol Nahayon
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti