Sogʻliqni saqlash vazirligi Dubay amirligi hukumati bilan 1 mln dollar qiymatidagi kelishuvga erishdi
Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik va doʻstona aloqalar tobora mustahkamlanib borayapti.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 24-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi koʻp qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, bank-moliya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Tibbiyot sohasida ham oʻzaro aloqalar izchillik bilan rivojlanmoqda. Jumladan, Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va Dubay Amirligi hukumatining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sulton Xalifa Sulton Belobayda Alsuaidi tomonidan mamlakatimizning tibbyot muassasalarini texnik qoʻllab-quvvatlash doirasida 1 million AQSH dollariga teng texnik yordam koʻrsatish boʻyicha oʻzaro kelishuv Memorandumi imzolandi.
Ushbu kelishuv yurtimizda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish va aholini zamonaviy yuqori texnologik tibbiy yordamga boʻlgan ehtiyojini qondirish yoʻlida muhim ahamiyat kasb etadi.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Sоg`liqni sаqlаsh vаzirligi