O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Elektr hisoblagichi kimning hisobidan oʻrnatiladi?

2019-06-04 | Iqtisodiyot

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyati davomida isteʼmolchilarda elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq koʻplab muammolar borligi aniqlanmoqda.

Bulardan biri, elektr energiyasi taʼminoti korxonalari tomonidan oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni bajarmaslik, yaʼni elektr energiyasi hisoblagichlarini sotib olish, oʻrnatish va qiyoslash bilan bogʻliq ishlarni isteʼmolchining zimmasiga yuklashdan iborat.
 
Misol uchun, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida yashovchi fuqaro A.I. tomonidan yangi qurilgan xonadonini elektr energiyasi tarmogʻiga ulash va hisoblagich oʻrnatib berish boʻyicha elektr taʼminoti korxonasiga bir necha bor murojaat qilgan boʻlib, taʼminotchi isteʼmolchiga hisoblagichni uning hisobidan sotib olgan taqdirda oʻrnatib berilishi maʼlum qilingan. Bugungi kunda elektr energiyasi hisoblagichining oʻrtacha narxi 400-450 ming soʻmni tashkil etadi.

Oʻtkazilgan oʻrganish natijasida isteʼmolchining qonuniy manfaatlari himoya qilinib, hisoblagich elektr tarmoqlari korxonasi hisobidan oʻrnatilishi hamda isteʼmolchining tarmoqqa ulanishi taʼminlandi.

Isteʼmolchilarning qonuniy huquqlaridan toʻliq xabardor emasligi, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan yetarlicha targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmayotganligi natijasida joylarda bunday holatlar uchramoqda.

Agar, Siz mana shu kabi holatlarga duch kelsangiz yoki tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan manfaatlaringiz kamsitilayotgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga yoki uning hududiy boshqarmalariga belgilangan tartibda murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon: (71) 207-47-00 (246)

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

Поделиться