O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qurishdan avval infratuzilmani mustahkam qilish kerak

2019-06-04 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida bosh reja asosida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi.

Maʼlumki, 2017-yili Toshkent viloyati markazi ushbu shaharga koʻchirilgan, oʻtgan yili uning bosh rejasi ishlab chiqilgan edi. Bugungi kunda bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Toshkent yoʻli koʻchasi kengaytirilib, bir qavatli eski imoratlar oʻrnida koʻp qavatli uylar, ofislar, savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari qurilmoqda. Yil oxirigacha 8 ta bank filiali va 9 ta maʼmuriy bino foydalanishga topshiriladi.

Davlatimiz rahbariga bosh rejaga asosan shaharning markaziy qismini batafsil rejalashtirishga oid maʼlumotlar berildi. Unga muvofiq, bu yerda Toshkent viloyati hokimligi, vazirlik va idoralar boshqarmalari, madaniyat obyektlari, universitet va maktablar, shifoxona, sport majmualari boʻlishi rejalashtirilgan. Koʻp qavatli uylar energiya tejaydigan materiallardan qurilishi koʻzda tutilgan.
 
Prezidentimiz birinchi navbatda infratuzilma tarmoqlarini mustahkam qilib qurish lozimligini taʼkidlab, ularni sifatli ekspluatatsiya qiladigan mutaxassislar tayyorlash, vazirlik va idoralar binolarini optimal joylashtirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться