Shu hafta oxirida, aniqrog‘i 7-9 iyun kunlari Xitoyning Shanxay shahri karate bo‘yicha Premer-liga turkumiga kiruvchi yirik musobaqaga mezbonlik qiladi.
Unda jahon reytingining yuqori o‘rinlarida turuvchi sportchilar ishtirok etadi. Ular safida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham Shanxay tatamilarida omadini sinab ko‘radi.
Premer-liga musobaqasi kelgusi yil Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yozgi Olimpiya o‘yinlariga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadi. Shu sababli ham Premer-liga musobaqalari sayyoramizning eng kuchli karatechilarini jamlaydi.
Shanxay Premer-ligasida O‘zbekiston sharafini quyidagi sportchilar himoya qiladi:
Erkaklar:
-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
-67 kg: Sanjar Abdukarimov
-75 kg: Dostonbek Otabolaev
Ayollar:
-50 kg: Bahriniso Babaeva
Manba: O'zA