O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ohangarondagi maishiy chiqindilar poligoni toʻlib qoldi

2019-06-03 | Siyosat

Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatidagi ijtimoiy va kommunal sohalarga oid masalalarga alohida eʼtibor qaratdi.

- Viloyatda aholining 64 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangani jiddiy muammo. Amalda bu koʻrsatkich 40-50 foiz darajasida. Boʻka, Quyichirchiq, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari va Nurafshon shahrida 30 foizga ham bormaydi. Sizlar kabinetda qanday oʻtirasizlar? - dedi Shavkat Mirziyoyev.
 
Bu muammoni hal etish maqsadida joriy yilda 440 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari va 301 ta suv inshootida qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilishi rejalashtirilgan. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi qiymati 144 million dollarlik loyihaning birinchi bosqichi doirasida qurilish ishlari boshlangan.
 
- Viloyatda dolzarb boʻlgan yana bir muammo ekologiya bilan bogʻliq. Toshkent shahridagi maishiy chiqindilar tashlanadigan Ohangaron tumanidagi poligon 98 foizga toʻlgan. Shuning uchun bu poligonni yopib, yangisini qurish kerak. Bu ekologiya tozaligi, aholi salomatligi uchun muhim masala, - dedi davlatimiz rahbari.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться