O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dunyo polvonlari Buxoroda bellashadi

2019-06-03 | Sport

Shu yil 7-12-iyun kunlari Buxoro shahridagi “Buxoro” sport majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash boʻyicha hazrat Bahouddin Naqshband xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir oʻtkaziladi.

Ilk marotaba tashkil etilayotgan xalqaro turnirda Eron, Hindiston, Italiya, Meksika va Janubiy Afrika Respublikasi kabi dunyoning 50ga yaqin davlatidan 100dan ortiq nomdor polvonlar gʻoliblik uchun bellashishi kutilmoqda.
 
Xalqaro turnirda erkaklar 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg gacha hamda 100 kg dan yuqori vazn toifalarida kuch sinashsa, ayollar 52, 63 va 78 kg gacha boʻlgan vaznda gʻoliblik uchun bahs olib borishadi. Musobaqada oʻz vazn toifalarida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan polvonlar 3000 AQSH dollari, 2-oʻrin sohiblari 2000 AQSH dollari hamda 3-oʻringa sazovor boʻlgan polvonlar esa 1000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.
 
Dasturga muvofiq, 8-iyun kuni kechki payt “Buxoro” stadionida turnirning tantanali ochilish marosimi va katta konsert tashkil etilsa, 9-10-iyun kunlari kechki payt shu stadionda kurash bellashuvlari oʻtkaziladi.

Manba: O'zA

Поделиться