O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bir kunda Prezident maktablariga jami 786 nafar nomzod hujjat topshirdi

2019-06-02 | Ta’lim

1 июнь куни, Тошкент, Нукус, Хива ва Наманган шаҳарларида 2019-2020 ўқув йилида очиладиган Президент мактабларига ҳужжат қабул қилиш бошланди.

Shu kuni soat 18:00 ga kelib, jami 786 nafar nomzod hujjat topshirgan. Prezident maktablari maxsus saytida keltirilishicha, ulardan 394 nafari Xiva shahridagi Prezident maktabi uchun boʻlsa, yana 187 nafar nomzod Toshkentda, 106 nafar nomzod Namanganda va 99 nafari Nukus shahrida oʻqish istagini bildirgan.
 
Hujjat topshirgan nomzodlarning 397 nafari oʻgʻil bola va 389 nafari qiz bolalardan iborat.
 
Prezident maktabiga hujjat topshirgan nomzodlarning umumiy soni birinchi qabul kuni yuzasidan sinflar kesimida quyidagicha taqsimotni tashkil etdi:
 
326 nafari 4-sinf;
 
161 nafari 5-sinf;
 
127 nafari 6-sinf;
 
87 nafari 7-sinf;
 
83 nafari 8-sinf;
 
2 nafari 9-sinf.
 
Xabarda qayd etilishicha, 719 nafar nomzodlarning hujjatlari qabul qilingan boʻlsa, 37 nafar nomzodlarning hujjatlaridagi kamchiliklari uchun roʻyxatga olinmagan. Qolgan hujjatlar hozirda koʻrib chiqilmoqda.

Manba: O'zA

Поделиться