O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shavkat Mirziyoyev: Manfaatdorlik boʻlsagina, intilish, natija boʻladi
2019-06-02 | Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Boʻka tumanidagi “Sarkor” fermer xoʻjaligi dalasida paxta va gʻalla rivojini koʻzdan kechirdi. Toshkent viloyatida 2019-2020-yillarda qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Ushbu loyihalar natijasida 14,5 mingdan ziyod ish oʻrni tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari fermerlar, qishloq xoʻjaligi mutasaddilari bilan muloqot qildi. Keyingi yillarda paxta tolasini yurtimizda qayta ishlash 30 foizdan 70 foizga yetkazilgani bu sohada inqilob boʻlgani taʼkidlandi.
- Biz qishloq xoʻjaligida ilm, innovatsiyalarni qoʻllamaganimiz uchun yerni “charchatib”, unumdorlikni yoʻqotib qoʻydik. Shuning uchun qishloq xoʻjaligini tarkibiy oʻzgartirib, mahsulotlarning xarid narxini oshirdik. Manfaatdorlik boʻlsagina, intilish, natija boʻladi, - dedi Prezident.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti