O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Boʻka tumanida Beshta tashabbusni joriy qilish boʻyicha platforma yaratildi

2019-06-03 | Siyosat

Davlatimiz rahbari ilgari surgan Beshta tashabbus doirasida Boʻka tumani markazida Madaniyat va maʼrifat ekoparki barpo etildi. Prezidentimiz ushbu istirohat bogʻiga tashrif buyurib, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Bu yerda Beshta tashabbusning barchasi mujassamlashgan. Zamonaviy kutubxona hamda kitob oʻqish uchun sokin joylar, kompyuter oʻyinlari uchun maydonlar, Wi-Fi hududlari tashkil etilgan. Yopiq amfiteatr, kafelar qurilgan. Universal sport maydonida mashqlar va badantarbiya, mini futbol, badminton, stol tennisi va boshqa sport turlari bilan shugʻullanish uchun keng sharoit yaratilgan. Velosiped, samokat, skeytbord va roliklar ijarasi ham yoʻlga qoʻyilgan. Majmua har oyda oʻrtacha 6 ming nafar yigit-qizni jalb qilishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev bogʻdagi kutubxonani kirib koʻrdi.
 
- Hududlarga kitob yetkazib berish yaxshi. Lekin ularni oʻqish, oʻqitish yetarli darajada emas. Bolalarimizni bogʻcha yoshidan, boshlangʻich sinflardan kichik-kichik kitoblarga oʻrgatish, shu orqali ularni kitobsevar etib ulgʻaytirish zarur. Shundagina jamiyatimizda kitobxonlik muhiti shakllanadi, boshqalar ham kitob oʻqishga qaytadi, - dedi davlatimiz rahbari.
 
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda ilmiy yondashuvlar asosida kitob oʻqitish metodikasi hamda qaysi yoshda qanday asarlarni oʻqish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish zarurligi taʼkidlandi. Bogʻda butun yil davomida rang-barang madaniy tadbirlar va mahallalararo musobaqalar oʻtkazish, oʻquvchilarning yozgi taʼtilini mazmunli tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться