O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bosh vazir qabulxonalari tadbirkorlar huquqlarini himoya qiladi

2019-06-01 | Siyosat

Prezident Xalq qabulxonalariga joriy yilning birinchi choragida tadbirkorlardan yer ajratish, gaz, elektr va suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi, kredit, soliq kabi masalalarga 16 mingta murojaat tushgan. Ikki mingga yaqin murojaatda mansabdorlarning hatti-harakatlaridan norozilik bildirilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 27 may kuni tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari ishga tushirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda bu alohida ta’kidlandi.
 
Tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini o‘z joyida hal etishga qaratilayotgan alohida e’tibor bugun o‘z samarasini berayotir. Bu borada joylarda tashkil etilgan qabulxonalar, mutasaddilar ishtirokida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
 
Davlatimiz rahbarining 2019 yil 14 maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ham tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim hujjat bo‘ldi. Unga ko‘ra Respublikamizning har bir tumani (shahar)da O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari tashkil etilishi belgilandi.
 
Tadbirkorlarning, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish sifati va tezkorligini oshirish, ular bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ta’minlash, qonuniy talablarini amaliy va samarali ro‘yobga chiqarish, muammoli masalalarni joyida hal etish, xududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shish, aholi bandligini ta’minlash kabi muhim masalalarni ham qamrab olgan farmon ijrosi boshlandi.
 
Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari hamda Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati tashkil etilib, ular faoliyatining asosiy yunalishlari belgilab berildi. Bu borada maxsus ishchi guruhi shakllantirildi. Ular 10 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
 
Adliya vaziri R.Davletov rahbarligida tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 1- va 2-iyun kunlari farmonning mazmun-mohiyatini joylarda keng tushuntirish bo‘yicha Buxoro viloyatining Kogon, Qorako‘l, Peshku va Fijduvon tumanlarida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
 
Kogon tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda tadbirkorlik sub’ektlari va chet el investorlaridan ko‘plab murojaatlar kelib tushdi. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga yer uchastkasi va kredit ajratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, buzilgan imoratlarga nisbatan kompensatsiya to‘lovlarini undirish hamda bojxona va soliq to‘lovlari bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
 
Murojaatlarni ko‘rib chiqish davomida vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va tijorat banklarining faoliyatiga bevosita taalluqli bo‘lgan ayrim muammolar joyida hal etildi. Shuningdek, joyida hal etish imkoniyati bo‘lmagan muammo va kamchiliklarni tuman (shahar) va viloyat darajasida hal qilish yuzasidan qisqa va o‘rta muddatli tadbirlar rejalari shakllantirilib, mutasaddi vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.
 
Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.
 
Bunday uchrashuvlar Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkaziladi.
 

 

Alouddin G‘AFFOROV

Manba: O'zA

Поделиться