O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzax viloyatida oilaviy mehmon uylari soni keskin oshmoqda

2019-06-01 | Turizm

So‘ngi paytlarda Jizzax viloyatiga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni ko‘payib bormoqda. Sayyohlar uchun eng avvalo qulay va hamyonbop joylashtirish vositalarini tashkil etish lozim. Qayd etish joizki, bugungi kunda ko‘plab sayyohlar joylashtirish vositalaridan aynan oilaviy mehmon uylarini tanlashmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi “Har bir oila - tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-3777-sonli qarori mahalliy aholi uchun oilaviy mehmon uylarini tashkil etishga katta turtki berdi. Shu nuqtai nazardan, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Jizzax viloyatida uyma-uy yurib oilaviy mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Targ‘ibot natijalariga ko‘ra, davlat dasturi doirasida imtiyozli kredit olish istagini bildirgan 20 ta tadbirkorlik sub’ektlariga tijorat banklari tomonidan jami 412 million 900 ming so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.
 
Shuningdek, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mas’ullari har bir xonadonga tashrif buyurib, xonadonni oilaviy mehmon uyi tashkil etish talablariga mos kelishini ko‘zdan kechirishmoqda hamda aholiga oilaviy mehmon uylarini tashkil etishning o‘ziga hos jihatlari haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Natijada, joriy yilning may oyida Zomin tumanida 11 ta, Baxmal tumanida 10 ta, Forish tumanida 2 ta, jami 23 ta tadbirkorlarga oilaviy mehmon uylari tashkil etildi.
Qayd etish lozimki, bunga qadar viloyatda 11 ta oilaviy mehmon uylari mavjud bo‘lib, ular soni bir oy davomida 2 baravarga oshgan, ayni vaqtda ularning soni jami 34 tani tashkil etmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться