O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi
2019-06-01 | Iqtisodiyot
“Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatida Rossiya Federatsiyasining “Силовые машины” kompaniyasining bosh direktori Temur Lipatov boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan oʻzaro hamkorlik masalalariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi.
Tomonlar investitsion loyihalarni amalga oshirish mexanizmlarini muhokama qildi. “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Abdugʻani Sanginov soʻnggi yillarda ikki mamlakat oʻrtasida oʻzaro manfaatli yoʻnalishlar boʻyicha koʻp qirrali hamkorlik izchil rivojlanayotganini taʼkidladi. Oʻz navbatida “Силовые машины” kompaniyasining rahbari ham birgalikda loyihalarni yanada rivojlantirish imkoniyatlari koʻpligi, ularni toʻliq ishga solishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanini qayd etdi.
Bugungi kunda Rossiyaning “Силовые машины” kompaniyasi global energomashinalar qurilishi sanoati boʻyicha jahonda yetakchilardan hisoblanadi. Kompaniya issiqlik, atom va gidrostansiyalar uchun asbob-uskunalarni loyihalashtirish, tayyorlash va yetkazish, ularning montaj ishlari, oʻrnatilishini tashkil etish tajribasiga ega.
Manba: O'zA