O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Istambulda O’zbekistonning turizm sohasidagi investitsion jozibadorligi taqdimoti namoyish etildi

2019-05-31 | Turizm

Turkiya Respublikasining poytaxti Anqara shahrida O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi raisi vazifasini bajaruvchisi Abdulaziz Aqqulov Turkiya Respublikasi Savdo-sanoat palatalari ittifoqi boshqaruvi a'zosi, Anqara Savdo birjasi raisi Faiq Yavuz bilan uchrashuv o’zaro hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan ishchi uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Ma’lumot uchun: Savdo-sanoat palatalari uyushmasi va birjalar ittifoqi (TOBB) 1950-yil 8 martda tashkil etilgan.
 
Ushbu tashkilot, xususiy sektorning davlat idoralarida manfaatlarini ifodalovchi Turkiyaning eng yirik nodavlat tashkiloti. Ittifoqning bugungi kundagi raisi Rifat Hisarcıklıoğlu.
 
Milliy qonunchiligiga muvofiq, Turkiya savdo va birjalar palatasiga a'zolik, xo'jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiydir. TOBB, Turkiyadagi 360 ta mintaqaviy savdo-sanoat va tovar birjalarini birlashtirib, hozirda 1mln 600 ming ta tadbirkorlar va nodavlat notijorat tashkilotlardan iborat a’zolari mavjud. TOBBning raisini tashkilotga a’zo bo’lgan tadbirkorlar ichidan ovoz berish yo’li bilan saylanadi.
 
Tashkil etilgan o’zaro hamkorlik uchrashuvida, 2018-yil 12-14 dekabr kunlari bo’lib o’tgan Savdo-sanoat palatalari uyushmasi va birjalar ittifoqi tarkibiga kiruvchi tashkilotning yig’ilishda kelishilgan “O’zbekiston investitsion forumi”ni Turkiyada o’tkazish masalasi yuzasidan o’zaro fikr almashib olindi.
 
Shuningdek, ushbu forumni Turkiyada qaysi sanalarda tashkil etish yuzasidan hamda forumga aloqador tashkiliy jarayonlardagi barcha maslalarga to’xtalib tomonlar o’z takliflarini bilidirib o’tishdi. Muzokaralar yakunida esa TOBBning rahbariyati ushbu forumni joriy yil sentyabr oylarida Istambulda tashkil etishni taklif qildi.
 
O’z navbatida Turkiya Respublikasi Savdo-sanoat palatalari ittifoqi boshqaruvi a'zosi, Anqara Savdo birjasi raisi Faiq Yavuz, TOBB tomonidan to’liq barcha forumni o’tkazishga aloqador davlat tashkilotlari va kerakli nodavlat tashkilotlar rahbarlari hamda salohiyatli sarmoyodorlarni jalb etgan holda tadbirni yuqori saviyada tashkil etish masalalarini o’z zimmasiga olishini ma’lum qildi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tomonidan esa, Istanbulda tashkil etiladigan forum doirasida Turkiyaning ma’sul davlat tashkilotlari rahbarlari va salohiyatli investorlariga O’zbekistonning turizm sohasidagi investitsion jozibadorligini to’laqonli ochib beradigan ma’lumotlarga boy taqdimotni namoyish etilishiga kelishilib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться