O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Elektron hukumat rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar: integrallashgan xizmatlar, ochiq maʼlumotlar, elektron ishtirok va raqamli texnologiyalar” mavzusidagi xalqaro seminar toʻgʻrisida

2019-05-31 | Texnologiyalar

2019-yilning 30-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Elektron hukumatni rivojlantirish sohasida Ostona davlat xizmati xabi amaliyotchilar Alyansi bilan hamkorlikda “Elektron hukumat rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar: integrallashgan xizmatlar, ochiq maʼlumotlar, elektron ishtirok va raqamli texnologiyalar” mavzusidagi xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda elektron hukumat  sohasida yetakchi boʻlgan Fransiya, Estoniya, Ozarbayjon, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston davlatlarining yetakchi ekspertlari hamda Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi ekspertlari, respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalari mutaxassislari, ilmiy xodimlar, Akademiya professor-oʻqituvchilari va tinglovchilari ishtirok etishdi.
 
Ushbu seminar elektron hukumat sohasida amalga oshirilayotgan eng zoʻr innovatsion va amaliy yechimlar bilan qatnashuvchilarni tanishtirish, tajriba almashish, halqaro tajribani oʻrganish va qoʻllashda yuzaga keladigan savollarni muhokama qilish hamda davlat xizmatlarini rivojlantirishda  innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish maqsadida tashkil etilgan.
Hozirda butun dunyoda elektron hukumatni rivojlantirish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda va tajribalar toʻplanmoqda. Davlatlar orqasida tajriba almashish maqsadida “peer to peer”  (R2R) tamoyili orqali oʻzaro aloqani yoʻlga qoʻyish orqali elektron hukumat konsepsiyasini taomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Bu oʻz navbatida elektron hukumat sohasida qaror qabul qilishda xatoliklarni oldini olishga hamda yangi yoʻnalishlar va eng zoʻr amaliy yechimlarga qoʻllashga imkon beradi.

Ушбу семинар жаҳон амалиёти ва Альянснинг  иштирокчи давлатларида электрон ҳукумат моделларидаги энг зўр амалий ечимлар, ютуқлар ва ривожланиш жараёнларини тизимлаштириш, электрон ҳукуматни ривожлантириш бўйича тажриба алмашишга ва жорий муаммоларни муҳокама қилиш учун халқаро майдон вазифасини ўтайди.

Семинар иштирокчилари қуйидаги долзарб масалалар бўйича фикр алмашдилар: электрон ҳукумат соҳасидаги глобал трендлар, қўлланиши бўйича экспертлар баҳоси, экспертлар тармоғини яратиш, Альянс доирасида “peer to peer” тамойил бўйича ўқитиш ва ҳамкорлик йўналишларини кенгайтириш.

Shuningdek, seminarda Alyans-II ning 2019-yilgi harakat Rejasi bilan birga, uning 2019-2020-yillarda tadqiqot olib borish mavzulari (case-studies) muhokama qilindi.
 
Bugun seminar ishtirokchilari jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari bilan tanishish maqsadida Davlat xizmatlari agentligiga tashrif buyurishdi.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi

Поделиться