O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekistonda UNWTOning Yevropa mintaqaviy komissiyasining 65-yig'ilishini o’tkazish yuzasidan tashkiliy masalalar muhokama qilindi

2019-05-30 | Turizm

Joriy yilning 27-30 may kunlari Xorvatiya Respublikasi poytaxti Zagreb shahrida bo’lib o’tayotgan Butunjahon sayyohlik tashkiloti - UNWTOning Yevropa bo’yicha mintaqaviy komissiyasining 64-yig'ilishi bo’lib o’tmoqda.

Kecha O’zbekiston delegatsiyasi rahbari Abdulaziz Aqqulov Butunjahon sayyohlik tashkiloti – UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan rasmiy uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar bir nechta masalalarni ko’rib chiqishdi. Jumladan, Butunjahon sayyohlik tashkilotining Yevropa bo’yicha mintaqaviy komissiyasining 64-yig'ilishi yakuniga ko’ra navbatdagi yig’ilishni qadim va navqiron Samarqand shahrida o’tkazish yuzasidan bildirilgan taklifni bir ovozdan maqullangani hamda ushbu jarayonga ko’riladigan tayyorgarlik ishlari masalalari muhokama qildi.

Aniqroq qilib aytganda, mazkur tashkilotning Yevropa mintaqaviy komissiyasining 2020-yildagi 65-yubileyi yig'ilishining o’tkazilish sanalari va tashkiliy masalalar bilan bog’liq jarayonlar haqida fikr almashib olindi.

Shu bilan birga, vakillarimiz tomonidan kelgusida UNWTO tomonidan o'tkaziladigan tadbirlarni nafaqat Yevropa Komissiyasi doirasida, balki umuman UNWTOning ish rejasidan kelib chiqqan holda O’zbekistonda o’tkazish bilan bog’liq har qanday masalalarni ko’rib chiqishga tayyorligini bildirildi.

O’z navbatida, UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili tomonidan dunyo bo’ylab gastronomik turizmni rivojlantirishga doir loyihalarda O’zbekiston ham faol ishtirok etishilozimligi yuzasidan taklif bildirildi. Ushbu taklif delegatsiya a’zolari tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi hamda batafsil o’rganib chiqilishi bildirildi.

Ma’lumot o’rnida, O’zbekistonning turistik jozibadorligi hamda mamlakatda mavjud barcha turistik yo’nalishlar bo’yicha ma’lumotlarga boy taqdimot Yevropa Komissiyasining ishtirokchilarida juda katta qiziqish uyg’otib, delegatsiya rahbari tomonidan ilgari surilgan taklif, ya’ni UNWTOning Yevropa mintaqaviy komissiyasining 65-yubiley yig'ilishini O’zbekistonda o’tkazish masalasi bir ovozdan maqullangan edi.

Taqdimotdan so’ng janob Zurab Pololikashvili tomonidan dunyoga tobora eshiklarini ochib borayotgan O’zbekiston hamda davlat rahbarimizning olib borayotgan oqilona siyosatlari haqida iliq samimiy fikrlar bildirib o’tildi.

Zurab Pololikashvili O‘zbekiston UNWTOning www.e-unwto.org/ - orqali “Elibrary” (elektron kutubxona)ga a’zo bo‘lishi jarayonlari o’z yakuniga yetayotgani va bu a’zolik orqali keyinchalik o’zbekistonlik xodimlar ham bemalol UNWTO tashkilotining ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishi mumkin. Bu esa o’z navbatida o’zaro hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishini qayd etib o’tildi.

Ma’lumot uchun: Ushbu elektron kutubxona - UNWTOning sayyohlik va unga aloqador sohalarni qamrab oluvchi onlayn xizmatidir. Yagona yoki tarmoq orqali (ko‘pchilik) foydalanish huquqi vazirliklar, parlament, milliy turizm tashkiloti yoki milliy statistika boshqarmasi kabi davlat muassasalariga berilishi mumkin. 

Uchrashuv so’ngida O’zbekiston tomoni Xalqaro tashkilotni O’rta Osiyoda yagona hisoblanadigan Buyuk ipak yo’li universtiteti bilan hamkorlikka chorladi va UNWTOning ta’lim sohasidagi loyihalarida faol ishtirok etishga tayyorligi yuzasidan fikrlar bildirib o’tdi.

 

Поделиться