O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oskarga o‘zbek filmlarini taqdim qilish imkoniyati paydo bo‘ldi – O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tashkil qilindi

2019-05-29 | Madaniyat

Sayyoramizning eng yirik va eng muhim mukofoti hisoblangan Oskarga endilikda o‘zbek filmlarini taqdim qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Shu maqsadda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tashkil qilinib, AQSh kinoakademiyasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi. 
 
Shu yilning 1 oktabr kuni O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tomonidan 2020 yilning 9 fevral kuni Los-Anjeles shaxrining mashhur “Dolby” teatrida bo‘lib o‘tadigan 92-Oskar taqdirlash marosimining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga O‘zbekiston nomidan film ilgari suriladi. 
 
O‘zbekiston Oskar qo‘mitasining a’zolari tarkibi va filmlarni saralab olish nizomi bilan tanishtirish maqsadida milliy qo‘mitaning koordinatsion muassisi O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi yaqin kunlarda O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi taqdimoti hamda matbuot anjumani o‘tkazishni rejalashtirgan.
 
Dunyoning 90ga yaqin mamlakatida ochilgani singari O‘zbekistonda ham Oskar qo‘mitasini tashkil qilish bo‘yicha kelishuvlarga yosh kinoijodkorlarning Kann kinofestivali doirasidagi O‘zbekiston milliy pavilonida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar davomida erishildi.
 

Manba: O'zA

Поделиться