O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Dmitriy Medvedev O‘zbekistonga tashrif buyuradi
2019-05-29 | Siyosat
2019-yilning 29-30-may kunlari Rossiya Federatsiyasi Hukumati Rahbari Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qiladi.
Tashrif doirasida Urganch shahrida Hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston-Rossiya Qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan. Mazkur tadbir ikki tomonlama hamkorlikning yangi shakli bo‘lib, unga 2018-yil oktabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning davlat tashrifi va oliy darajadagi muzokalar davomida asos solingan.
Ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari tomonidan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 24-aprelda bo‘lib o‘tgan yigirmanchi yig‘ilishi yakunlari sarhisob qilinadi va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari va ularning tarkibini amaliy jihatdan boyitish masalalari muhokama qilinadi.
Rossiya delegatsiya rahbari Xiva shahriga ham tashrif buyuradi.