O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Malayziya Elchixonasiga tashrif
2019-05-27 | Siyosat
2019-yilning 27-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahridagi Malayziya Elchixonasiga tashrif buyurdi.
TIV rahbari Malayziya Podshohining otasi, sobiq Malayziya Podshohi va Pahang shtati Sultoni Ahmad Shoh Al-Mustain Billah ibni Al-Mahrum Sulton Abu Bakar Riayatuddin Al-Muadzam Shohning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etdi va Elchixonada ochilgan Hamdardlik kitobiga tegishli qayd kiritdi.
Elchi Hendi Assan O‘zbekiston tomoniga Prezident Shavkat Mirziyoyevning qayg‘uli lahzalarda Rodshoh va do‘st Malayziya xalqiga hamdardlik va dalda so‘zlari bitilgan maktubi uchun samimiy minnatdorchilik izhor etdi.