O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
NAPA texnoparki yuqori malakali mutaxassislarni birlashtiradi
2019-05-27 | Texnologiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan “NAPA Team” MChJ hamkorligida Toshkent shahrida rezidentlarga maksimal darajada qulay sharoit yaratiladigan, texnologiyalar transferini amalga oshiruvchi loyihalar va kompaniyalar uchun maqbul maydon bo‘lib xizmat qiladigan “NAPA Texnoparki”ni ta’sis etish bo‘yicha investitsion loyihani ishlab chiqilmoqda.
NAPA texnoparkining yaratilishi axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar sonini ko‘paytirish orqali ilm-fan va ta’limning rivojlanishini rag‘batlantirilishiga ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek axborot texnologiyalari sohasidagi yuqori malakali kadrlarning xorijga ketib qolishini to‘xtatib, AT sohasidagi yuqori texnologiyali mutaxassislarning mamlakatimizga kelishiga turtki beradi.
Ta’kidlash joizki, “NAPA Team” MChJning asosiy maqsadi informatsion texnologiyalar uchun maqbul muhitni va infratuzilmalarni yaratish bo‘lib, yaqin kelajakda yangi texnologiyalarni yaratish va transfer qilish markaziga aylanishi kutilmoqda. Bunda barcha ishtirokchilar - investorlar, universitetlar, yirik korporatsiyalar, xizmat ko‘rsatuvchilar va ishlab chiqaruvchilarning manfaatlarining himoya etilishi ta’minlanadi.
Rezidentlarga imkon qadar qulay sharoitlarning yaratilishi o‘z ichiga kovorking hududlar, konferentsiya zallari eng yaxshi startaplarni va iqtidorli kadrlarni tanlab olish, boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, biznes va texnologiyalar yo‘nalishidagi o‘quv markazlari ochish, rahbariyatning rezidentlar bilan bevosita aloqasi, xususan umumta’lim maqsadida muloqotlar olib borish, seminarlar, turli tadbirlar, tim bildinglar tashkil etishni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari NAPA texnoparkida Toshkent shahrida kasbiy ta’lim, malaka oshirish, tor mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishga mo‘ljallangan NAPA EDU HUB (barcha o‘quv markazlarini birlashtiruvchi yagona Akademiya) yaratiladi.
NAPA EDU HUBning bosh strategik maqsadi - axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yangi g‘oyalar yaratishga qodir yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash, innovatsion loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va optimallashtirish hamda mana shu kadrlarni O‘zbekistonning yetakchi tashkilotlariga ishga joylashdir. NAPA EDU HUB axborot tizimi, texnologiyalar va resurslar, robototexnika va mexatronika, marketing va biznes, media va dizayn, shuningdek injiniring sohalarida innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanadi.