O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Majburiy ijro byurosi direktori namangan viloyatida sayyor qabullar o‘tkazadi
2019-05-23 | Jamiyat
Joriy yilning 24-25 may kunlari Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Baxromovich Qudratxodjaev Namangan viloyatida sayyor qabul o‘tkazadi.
Xususan, 24 may kuni soat 10-00 dan 16-00 ga qadar Byuroning Namangan tuman bo‘limi binosida Namangan shahri, Chortoq, Uchqo‘rg‘on, Uychi, Namangan va Norin tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
25 may kuni esa soat 10-00 dan 16-00 ga qadar Byuroning Chust tuman bo‘limi binosida Pop, Mingbuloq, To‘raqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on, Chust va Kosonsoy tumanlari aholisi uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tadi.
Sayyor qabul davomida aholining sohaga oid muammolar, taklif va mulohazalar tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko‘riladi.