O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Taʼlim sohasida jahon tajribasi

2019-05-23 | Ta’lim

Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 16-18 may kunlari Navoiy viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi professor-oʻqituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi. Seminarda AQShning Pitsburg davlat universiteti professori Judi Smetana va A.Avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI rektori, professor N.Raxmankulova tomonidan “Fulbrayt” dasturi loyihasi asosida “Katta yoshdagilarni oʻqitish nazariyasi” mavzusidagi mahorat darslari oʻtildi.

Professor Judi Smetana mahorat darslarini ADDIE А – analysis - tahlil, D -design - tashkillashtirish, D - development- rivojlantirish, I – implementation - tatbiq qilish, E – evaluation - baholash moduli boʻyicha olib bordi.

Seminar yakunida istirokchilar taʼlim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, oʻquv mashgʻulotida zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash va dars jarayonini tahlil qilish boʻyicha pedagogik mahoratga ega boʻlishdi. Shu bilan birga Pitsburg davlat universiteti tajribasi bilan yaqindan tanishishdi.

Поделиться