O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston – Belarus: Harbiy sohadagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

2019-05-22 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida 21 may kuni Belarus Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i – Belarus mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Oleg Belokonev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i, general-mayor Pavel Ergashev bilan uchrashuvda mudofaa sohasi bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashinuvlarni tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasida qaror topgan mustahkam do‘stlik aloqalari sabab o‘zaro ishonch ruhidagi munosabatlar rivoj topayotgani alohida ta’kidlandi. 2018 yilning sentabr oyida Belarus Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga amalga oshirgan rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi.

O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i, general-mayor Pavel Ergashev Belarus Respublikasi bilan harbiy va harbiy-texnika sohasida hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi. O‘z navbatida, mehmonlar mazkur tashrif harbiy sohada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashish imkonini berishini qayd etdi.

Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar Xotira maydonida bo‘lib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Shu kuni Belarus delegatsiyasi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida ham bo‘lib, oliy harbiy ta’lim muassasasi faoliyati, shuningdek, harbiy kadrlarni tayyorlashdagi yangicha yondashuvlar bilan tanishdi. Mehmonlar harbiy kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ularga yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi.

 

A.MUSAEV, O‘zA

Поделиться