O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston – Belarus harbiylari rejalashtirilgan hamkorlikdagi mashg‘ulot yuzasidan brifing o‘tkazdi
2019-05-22 | Siyosat
18 may kuni Sharqiy harbiy okrugning “G‘urumsaroy” dala-o‘quv maydonida “Jangovar hamdo‘stlik – 2019” O‘zbekiston-Belarusь harbiy xizmatchilarining hamkorlikda o‘tkaziladigan maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki davlat vakillari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan mashg‘ulotlarning muayyan pavilьoni, rejasi hamda tartibi xususida fikr almashdi.
– Ushbu maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari davomida har ikki mamlakatning maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilari bugun dunyoning turli mintaqalarida avj olayotgan terrorizm, diniy ekstremizm hamda qurolli mojarolarga qarshi murakkab va zamonaviy jang amaliyotlarini hamkorlikda qo‘llay olishini namoyish etadi, – dedi brifing davomida O‘zbekiston tomonidan podpolkovnik Laziz Usmonov.
Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari tomonidan “Jangovar hamdo‘stlik – 2019” doirasida Belarusь harbiy xizmatchilarining jannatmonand Vatanimizning madaniy merosi, go‘zal tabiati, tarixiy obidalari bilan tanishish bo‘yicha tadbirlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgani ta’kidlandi.