O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Asossiz mish-mishlarga ishonmang: XTVga 50-maktab buzilishi borasida hokimiyatdan hech qanday soʻrov kelib tushmagan
2019-05-21 | Ta’lim
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 50-sonli umumtaʼlim maktabining buzilishi haqida maʼlumot tarqatildi. Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi ushbu xabarni notoʻgʻri ekanligini maʼlum qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandiga muvofiq, umumtaʼlim va maktabdan tashqari muassasalarining yer uchastkalarini hamda koʻchmas mulkini Xalq taʼlimi vaziri bilan kelishmasdan begonalashtirish taqiqlanadi.
Bugungi kunga qadar Xalq taʼlimi vazirligiga mazkur maktabning yer uchastkalarini va koʻchmas mulkini begonalashtirish toʻgʻrisidagi arizalar kelib tushmagan.