O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Vitamin” emas “ogʻriqni qoldiruvchi” innovatsiyalarni yaratish lozim

2019-05-20 | Innovatsiya

Startap loyihalarning mohiyati, yosh olimlarni horijiy ilmiy stajirovkalarga yuborish masalalarini keng yoritish, Oʻzbekiston innovatsion ekotizimining bugungi bosqichi haqidagi maʼlumotlarni jamoatchilikka yetkazish maqsadida joriy yilning 17 may kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Oʻzbekiston innovatsion ekotizimining rivojlanishida startap loyihalar va yosh olimlarning ilmiy stajirovkalari taraqqiyot omili sifatida” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Tadbirda Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan berilgan grantlar sohiblari, horijiy ilmiy stajirovkalarni oʻtagan yosh olimlar, Oʻzbekistondagi ilk ilmiy loyihalar Akselerator - C.A.T. Science Accelerator ishtirokchilari shuningdek “Yashnobod” innovatsion texnopark rezidentlari ishtirok etdi.

Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrnibosari Azimjon Nazarovning taʼkidlashicha, bugungi kunda yurtimizda samarali startap-ekotizimini yaratish alohida muhim vazifalardan biri sanalar ekan startap ekotizimini akseleratorlar va inkubatorlar, birlamchi investitsiyalar manbalari (seed money) hamda venchur jamgʻarmalari kabi maxsus infratuzilmalarning faoliyatisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Startaplar – innovatsiyalarning muhim manbasi, iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki boʻluvchi kuch hamdir. Ular ilmiy-texnik taraqqiyotga yoʻl ochadi, shu bilan bir qatorda yangi mahsulotlar, xizmatlar va texnologiyalarni kundalik hayotimizga kirib kelishini taʼminlaydi.

Ayni kunlarda Innovatsion rivojlanish vazirligi oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash asosida moliyalashtiriladigan STARTAP LOYIHALAR tanlovining 2-turini eʼlon qilgan. Mazkur loyihaga hujjatlar joriy yilning 21 iyuniga qadar qabul qilinadi. Startap loyihalarning1-turida jami 17 loyiha mualliflariga sertifikatlar topshirildi va ularni moliyalashtirish ishlari boshlandi.

Oʻz navbatida, yosh olimlarning qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini tashkil etish maqsadida 2018 yilda uch marotaba tanlov oʻtkazilgan. Tanlovlarga vazirlik va idoralar tomonidan jami 317 nafar nomzodlar va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilgan. Maxsus ekspert guruhining xulosalariga muvofiq 288 nafar nomzodlar rad etilgan. Gʻolib deb topilgan 29 nafar yosh olimlar AQSH, Xitoy, Germaniya, Rossiya va boshqa davlatlardagi yetakchi ilmiy markazlarga ilmiy stajirovkalarga yuborilgan. Ushbu maqsad uchun 174,1 ming AQSH dollari yoʻnaltirilgan.

Bundan tashqari, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining toʻrt nafar yosh olimlarining Leybnis oʻtish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish (Germaniya) ilmiy-tadqiqot institutidagi hamda Xalqaro molekulyar allergologiya markazining besh nafar yosh olimlarining Vena tibbiyot universiteti (Avstriya)dagi ilmiy stajirovkalari moliyalashtirilgan.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazining olti nafar yosh olimlarini Shoʻrlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markaziga (ICBA BAA Dubay) ilmiy stajirovkaga yuborish bilan bogʻliq xarajatlar moliyalashtirildi.

Joriy yilda yosh olimlarning qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini moliyalashtirishga 1,5 mln. AQSH dollari rejalashtirilgan boʻlib, 100 nafardan ziyod yosh olimlarning qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini moliyalashtirish rejalashtirilgan.

2019 yilning birinchi choragida vazirlik tomonidan yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlardagi qisqa muddatli ilmiy stajirovkalari boʻyicha birinchi tanlov oʻtkazildi. Tanlovga vazirlik va idoralardan jami 116 nafar nomzodlar va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilgan.

Maxsus ekspert guruhi (18.03.2019 y. 17-son) 12 nafar yosh olimlarga ijobiy xulosa bergan. Yosh olimlarning qisqa muddatli ilmiy stajirovkalari roʻyxati Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan va tuzilgan shartnomalarga asosan moliyalashtirilmoqda.

2019 yilning 15 aprelida yosh olimlarni ilmiy stajirovkalari boʻyicha navbatdagi 2-tanlov toʻgʻrisidagi eʼlon Vazirlikning rasmiy veb saytida joylashtirilgan. Tanlov xujjatlari 2019 yilning 20 mayiga qadar qabul qilinadi.

Bundan tashqari, Belarus Respublikasining Minsk shahridagi fan va texnologiyalar hamkorlik boʻyicha ilk “Belarus – Oʻzbekiston” qoʻshma majlisi kelishuvlariga asosan 11 turdagi yoʻnalishlar boʻyicha maqsadli tanlov eʼlon qilingan boʻlib, bugungi kunda vazirlik va idoralar tomonidan ilmiy stajirovga oʻtashga tavsiya qilingan nomzodlar va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar umumlashtirilmoqda.

Oʻzbekistondagi ilk ilmiy loyihalar Akseleratori – C.A.T. Science Accelerator ishtirokchilari misolida gʻoyaning startap loyihagacha boʻlgan jarayoni koʻrsatildi. 

Innovatsion rivojlanish vazirligining eksperti Odiljon Abdurazzokov Oʻzbekistonda muvaffaqiyatli startap ekotizimi yaratish shartlarini aytib oʻtar ekan, “Vitamin” emas “ogʻriqni qoldiruvchi” innovatsiyalarni yaratishga tashviq etish lozimligini taʼkidladi.

– Davlatning pulini olib, ishlatish oson, – dedi startaplar ilmiy-texnik kengashining raisi, “Dekos” kompaniyasining direktori Hasan Mamasaidov. – Loyihaning naqadar omadli boʻlishi, tadbirkorning oʻz mablagʻini sarflashga tayyorligi bilan ham baholanadi. Innovatsion mahsulot ishlab chiqarish uchun uyining atrofini pishiq gʻisht bilan oʻrab olish yoki qishloq xoʻjaligi ishlarini amalga oshirish uchun qimmat traktor xarid qilish uchun mablagʻ soʻrash oʻrinsizdir. Startap loyihalarda ham xuddi har qanday biznesdek, imkon qadar kam pul sarflanib, koʻp daromad koʻrish imkoniyatlari izlanishi kerak. Tadbirkor oʻz gʻoyasi bilan “kasal” boʻlsa, avvalambor loyihasini rivojlantirib, keyingina foyda olishni koʻzlasa, u biron nimaga erishadi. Startap loyihalar tanloviga ariza topshirgan aksariyat yoshlar pulini olsam-u, keyin biron gʻoya oʻylab toparman, deb katta xatoga yoʻl qoʻyishadi.

Savol-javoblar sessiyasiga koʻra OTM larda va yoshlar orasida Vazirlik tomonidan eʼlon qilingan startap loyihalar tanlovida faol ishtirok etish, haqiqatda startap loyiha shartlariga javob beruvchi gʻoyalarni ilgari surishni targʻibot qilish lozimligi maʼlum boʻldi.

Поделиться