O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
YI delegatsiyasi rahbari bilan uchrashuv
2019-05-20 | Siyosat
2019-yilning 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Dushanbe shahrida “Terrorizm va uni moliyalashtirish asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yuqori darajali konferensiya ishida qatnashish uchun Tojikistonga tashrif buyurgan Yevropa tashqi faoliyat xizmati Bosh kotibining umumyevropa xavfsizlik va mudofaa siyosati hamda inqirozli holatlarga javob qaytarish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Pedro Serrano bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlari, xususan Afg‘oniston yo‘nalishidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Oliy va boshqa darajalardagi bo‘lajak uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari yuzasidan fikr almashildi.