O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tojikiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2019-05-20 | Siyosat
2019-yilning 17-may kuni Dushanbe shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning hamda mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Vazirlar 2019-yildagi qo‘shma tadbirlarning jadvali va kun tartibini ko‘rib chiqdilar.
Muzokalar so‘ngida Vazirlar Toshkent shahrida 2018-yil 17-avgustda ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi Shartnomaning ratifikatsiya yorliqlari bilan almashish Protokoliga qo‘l qo‘ydilar.
Shartnomaning 16-moddasiga binoan hujjat 2019-yilning 17-may kuni kuchga kiradi.