O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Genetika, genomika va biotexnologiyalarning zamonaviy muammolari muhokama etildi

2019-05-17 | Fan

Joriy yilning 19-may kuni OʻzR FAning Genomika va bioinformatika markazida “Genetika, genomika va biotexnologiyalarning zamonaviy muammolari” mavzusidagi IV Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyaning ilmiy-tadqiqot institutlari, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, shuningdek turli oliy oʻquv muassasalarining vakillaridan iborat 100 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari Sharof Rajabboyev konferensiya ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tilab, tadbirni ochib berdi. Sh. Rajabboyev ilm-fan rivoji va uning taʼlim bilan integratsiyasida hamda respublikamiz olimlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda mana shunday tadbirlarning alohida ahamiyati haqida soʻzladi. U shuningdek hukumatimiz ilm-fanni har tomonlama qoʻllab quvvatlayotgani va tadqiqotlar natijalarining tijoratlashtirish uchun imkoniyatlar kengayayotganini taʼkidladi.

Konferensiyada turli qishloq xoʻjaligi ekinlarining genomika va genetika, mikrobiologiya va veterinariya sohalari boʻyicha keng miqyosdagi masalalar muhokama qilindi. Bundan tashqari konferensiyada amaliy biotexnologiya oldida turgan vazifalar koʻrib chiqildi. Oʻsimliklar va mikroorganizmlar genomikasi, bioinformatikasi va biotexnologiyasi sohasida erishilgan natijalar va yuzaga kelgan muammolar, qishloq xoʻjaligi samaradorligini oshishiga hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan yangi innovatsion biotexnologiyalarni yaratish va joriy etish istiqbollari muhokamaga qoʻyildi.

AQSH Qishloq xoʻjaligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi milliy institutining Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va mikrobiologiya milliy dasturi rahbari, fan doktori Maks Tepliskiyning konferensiyada nutqi ishtirokchilarda alohida qiziqish uygʻotdi.

Taʼkidlash joizki, respublikamizning qator oliy taʼlim muassasalari vakillari ham konferensiyada faol ishtirok etdilar. Shuningdek, yosh tadqiqotchilar va mutaxassislarning koʻpligi ham alohida qayd etildi.

Поделиться