O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda USENET 2019 anjumani boʻlib oʻtdi
2019-05-17 | Texnologiyalar
Poytaxtimizda har yilgi USENET 2019 Internet-anjumani boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida oʻtkazilmoqda.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Olimjon Umarov anjuman ishtirokchilariga tabrik soʻzi bilan murojaat qildi.
Anjumanning asosiy mavzulari quyidagilar: Internetda biznes targʻiboti, messenjerlar, videoreklama, SMM, Internet-OAV, startaplar, innovatsion mahsulotlar vai shlanmalar.
Bu yil anjuman yanada kengroq miqyosda oʻtkazilib, marketing, reklama va AT sohasi ekspertlarini birlashtirdi.
Anjuman 20 nafardan ziyodroq spikerlarning chiqishlari uchun maydon boʻlib xizmat qildi. Xorijiy mehmonlar safida yetakchi AT-kompaniyalar vakillari ishtirok etdi. Bu galgi USENET hisob boʻyicha oltinchi anjuman boʻlib hisoblanadi.