O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniyat vaziri Turkmaniston Vazirlar Mahkamasining Rais o‘rinbosari bilan rasmiy uchrashdi

2019-05-17 | Madaniyat

Madaniyat vaziri B.Sayfullayev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasining Rais o‘rinbosari Rashid Meredov bilan rasmiy uchrashdi.

Xususan, Turkmaniston Vazirlar Maqkamasi Rais o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri R.Meredov O‘zbekiston delegatsiyasi rahbariga alohida e’tibor qaratdi va Turkmaniston tashqi ishlar vazirligida madaniy-gumanitar sohadagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun alohida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi.

Uchrashuvda R. Meredov tomonidan MDHning ijodiy va ilmiy intelektual XIV forumida, aynan madaniyat vaziri ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarni batafsil nutqida so‘zlab bergani yuzasidan o‘z minnatdorchiligini bildirildi.

Shuni alohida ta’kidlanish lozimki, Hurmatli Turkmaniston Prezidenti G.M.Berdimuxamedovning Hurmatli O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevga Xalqaro baxshichilik festivalida turkmanistonlik vakil Kerven Yovbosarov birinchi o‘ringa loyiq deb topilgani, shu bilan birga o‘zbek-turkman aloqalari tobora rivojlanib borayotganini ta’kidlab minnatdorligini yo‘llaganini R.Meredov B.Sayfullayevga yetkazdi. Shuningdek, R.Meredov so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston Prezidenti Forumda madaniyat vaziri darajasida ishtirok etishini bilganidan juda hursand bo‘lgan va o‘zbek-turkman munosabatlariga oid ko‘p samimiy so‘zlarni aytgan.

O‘z o‘rnida, B.Sayfullayev madaniyat va san’at sohasida yaqin muloqotni, xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hayrixoxlik, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, va konstruktiv aloqalarni yanada mustahkamlashda davom etishiga ishonch bildirdi.

Поделиться