O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Adliya vazirligining xodimlari Singapur hamkorlik dasturining qisqa muddatli kurslarida ishtirok etishadi
2019-05-17 | Jamiyat
Sankt-Peterburgda o‘tayotgan IX xalqaro yuridik forum doirasida 16 may kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov huquq va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha Singapur katta davlat adliya vaziri Edvin Tong bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov mehmonlarni qutlar ekan, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, Singapurning huquq sohasidagi tajribasini o‘rganish zaruriyatini qayd etdi. Xususan, yaqinda Singapurda qabul qilingan onlayn-yolg‘on va manipulyatsiyalardan himoyalanish to‘g‘risidagi Qonun tilga olindi.
Shuningdek R. Davletov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlarining Singapur hamkorlik dasturining qisqa muddatli kurslarida ishtirok etishga taklif etilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Ushbu dastur «Xalqaro havo huquqi: qo‘llanilishi va amaliyot», «Davlat-xususiy sherikligi bo‘yicha infratuzilma loyihalari», «Raqamli iqtisodiyot - ulkan ma’lumotlar va analitika», «Moliyaviy texnologiyalar: Imkoniyatlar va muammolar (Fintech)» kabi yo‘nalishlarni ko‘zda tutadi.
O‘z navbatida, Singapurning Huquq va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha katta davlat vaziri Edvin Tong ham joriy yilning 25-27 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Tashkent Law Spring» Xalqaro yuridik forumi yuksak darajada tashkillashtirilgani qayd etdi va ushbu tadbirda ishtirok etish imkoniyati taqdim etilgani uchun minatdorchilik bildirdi.
Muloqot chog‘ida tomonlar kelgusida barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasining Sankt-Peterburgda o‘tayotgan IX xalqaro yuridik forumidagi ishtiroki davom etmoqda.