O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda “Qozog‘iston ta’lim kunlari” o‘tkaziladi

2019-05-10 | Ta’lim

2019-yilda O‘zbekistonda Qozog‘iston yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qozog‘istonning yurtimizdagi elchixonasi hamkorligida “Qozog‘iston ta’lim kunlari” deb nomlangan ko‘rgazmalar tashkil etiladi.

“Qozog‘iston ta’lim kunlari” ko‘rgazmalari shu yilning 10-21-may kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi va Nukus shaharlarida bo‘lib o‘tadi:

Toshkent shahrida 10-11-may kunlari Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi (Yakkasaroy tumani, Bobbur ko‘chasi 45-uy) da;
Samarqand shahrida 13-14-may kunlari Yoshlar markazida;
Qarshi shahrida 15-16-may kunlari Yoshlar markazida;
Buxoro shahrida 16-17-may kunlari Yoshlar markazida;
Nukus shahrida 20-21-may kunlari Yoshlar markazida. 
Ko‘rgazmalar soat 10:00dan 17:00gacha faoliyat ko‘rsatadi. Ularda Qozog‘istonning 40 dan ortiq OTM vakillari ishtirok etadi. 

Tadbirlarda Qozog‘iston Respublikasining oliy ta’lim bo‘yicha imkoniyatlari namoyish etilib,  mamlakatning yetakchi ekspertlari tomonidan taqdimotlar o‘tkaziladi.

Ko‘rgazmalarga kirish bepul, unda barcha xohlovchilar qatnashishi mumkin. 

Поделиться